Янгиликлар
Sayyor qabul
Tue, 18/10/2022 - 14:54Joriy yilning 18-oktabr kuni Qo'shrabot tumani Qiyqim mahalla fuqarolar yig'ini hududida joylashgan 13-maktab binosi hududida tuman hokimi D.Shakarboyev hamda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida "Qiyqim" mahalla fuqarolar yig'inlari aholisi uchun navbatdagi Sayyor qabuli bo'lib o'tdi.
Qabul davomida 16 ta fuqarodan 20 ta murojaat kelib tushdi. Har bitta masala atroflicha o'rganilib, mas'ullarga ijobiy hal qilish choralari bo'yicha taklif va ko'rsatmalar berilib, ijrosi to'liq nazoratga olindi.
Yangi tayinlov
Mon, 17/10/2022 - 20:49Sulaymonov Erkin Umirovich - Qo'shrabot tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
Eslatib o'tamiz, E.Sulaymonov Qo'shrabot tuman Qishloq va suv xo'jaligi bo'limi boshlig'i, tuman hokimining o'rinbosari lavozimida ishlagan.
Tuman hokimligi jamoasi E.Sulaymonovga yangi va mas'uliyatli vazifada muvaffaqiyat tilaydi.
Sayyor qabul
Mon, 17/10/2022 - 19:16Joriy yilning 17-oktabr kuni Qo'shrabot tumani 5-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida mahalla aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul bo'lib o'tdi.
Qabul davomida 26 ta fuqarodan 29 ta murojaat kelib tushdi.
Asosan ichki yo'llarni ta'mirlash, aliment, uy joyini ta'mirlash, kredit olish, soliq, ichimlik suvi va boshqa masalalarda murojaatlar kelib tushdi. Barcha masalalar yuzasidan zaruriy vazifalar belgilanib, mas’ullarga ko‘rsatmalar berilib ijobiy hal qilish choralari nazoratga olindi
Munosabat
Mon, 17/10/2022 - 18:09Қўшработда чорвачилик ривожланяпти (ми?) https://zarnews.uz/qbjz
Президентимизнинг 2020 йил 3 сентябрда “Ўзбекистон Республикасида пиллачилик ва қоракўлчиликни янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-6059 сонли фармони қабул қилинган.