Boyto'p mahallasi ichki tuproq ko'chalari shag'allashtirilmoqda
Tue, 26/09/2023 - 08:56Aholiga qulay shart-sharoit yaratish va mahalla infratuzilmasini yaxshilash maqsadida tumanimizning Boyto'p mahallasida jami 4 km ga yaqin ichki tuproq yo'llariga qum-shag'al to'kish rejalashtirilgan bo'lib ayni vaqtda 3,1 km yo'l tekislanib, qum-shag'al to'kish ishlari olib borildi.
Bu kabi ishlar tumanimizning boshqa hududlarida ham bosqichma-bosqich olib borilmoqda.