Янгиликлар

Respublika ishchi guruhi Qo‘shrabot tumanida

Joriy yilning 27-sentyabr kuni Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiyev boshchiligidagi ishchi guruh Qo‘shrabot tumanining "Xonnazar" mahallasida bo‘lib, mahalla beshligining faoliyati, mahallaning kriminogen vaziyati, aholining turmush sharoiti, xotin-qizlar hamda yoshlarning ish bilan bandligi va boshqa shu kabi masalalar bo‘yicha mahalla beshligining axborotini tinglab, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, infrastrukturani  yaxshilash, fuqarolar tomonidan yo‘llanayotgan har bir murojaatga o‘z vaqtida yechim topish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifa va topshiriqlar berdi

Boyto'p mahallasi ichki tuproq ko'chalari shag'allashtirilmoqda

Aholiga qulay shart-sharoit yaratish va mahalla infratuzilmasini yaxshilash maqsadida tumanimizning Boyto'p mahallasida jami 4 km ga yaqin ichki tuproq yo'llariga qum-shag'al to'kish rejalashtirilgan bo'lib ayni vaqtda 3,1 km yo'l tekislanib, qum-shag'al to'kish ishlari olib borildi.

Bu kabi ishlar tumanimizning boshqa hududlarida ham bosqichma-bosqich olib borilmoqda.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM