Tumanimiz mahallalaridagi ichki tuproq ko'chalarni shag'allashtirish ishlari davom etmoqda
Thu, 06/07/2023 - 19:20Aholiga qulay shart-sharoit yaratish va mahalla infratuzilmasini yaxshilash maqsadida ayni kunlarda tumanimizning "Ozod" MFY Qoratosh qishlog'i hududida ham ichki tuproq yo'llari tekislanib, qum-shag'al to'kish ishlari yakunlanib foydalanishga topshirildi.
Hozirgi vaqtda "Ozod" MFY Namuna guzarida ishlar jadal olib borilmoqda.
Ushbu mahallada jami 10 km ichki tuproq yo'llarni shag'allashtirish rejalashtirilgan bo'lib ayni vaqtda 6 km yo'lga qum-shag'al to'kish ishlari olib borildi.
Bu kabi ishlar ko'lami keng.