Янгиликлар

Tumanimiz mahallalaridagi ichki tuproq ko'chalarni shag'allashtirish ishlari davom etmoqda.

Aholiga yanada qulay shart-sharoit yaratish va mahalla infratuzilmasini yaxshilash maqsadida tumanimizning "Toz" MFY Garkay qishlog'i hududidagi 700 m ichki tuproq yo'llariga qum-shag'al to'kish ishlari olib borildi.

Mahalla ahli olib borilayotgan obodonchilik ishlari, yurtimizda olib borilayotgan bunyodkorlik islohotlarini e'tirof etib, vatanimiz tinchligini, el-yurtimizni osoyishtaligini so'rab duolar qilishmoqda.

Ommaviy sayyor qabul bo'lib o'tdi

Aholi bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini hal qilish maqsadida Qo‘shrabot tumanida sayyor qabullar, xalq bilan uchrashuvlar doimiy o‘tkazib kelinmoqda.

Bugun, Qo‘shrabot tumanining "Jo'sh ota" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 1-sonli kasb-hunar maktabida tuman hokimi Dilshod Shakarboyev va sektor rahbarlarining navbatdagi ommaviy sayyor qabuli o‘tkazilib aholini qiynab kelayotgan muammolar tinglandi.

Qo‘shrabot elektr ta'minoti korxonasiga yangi rahbar va rahbar o‘rinbosari tayinlandi.

Ikramov Sherali Norbek o‘g‘li - Qo‘shrabot elektr ta'minoti rahbari lavozimiga tayinlandi.

Sh.Ikramov 1992-yilda Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, Samarqand Qishloq xo‘jalik institutini tamomlagan.

Sh.Ikramov tayinlovga qadar "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filialida turli mas'ul lavozimlarda mehnat faoliyatini olib borgan.

Sarimsaqov Sunnatilla To‘xtamishovich - Qo‘shrabot elektr ta'minoti rahbari o‘rinbosari - energiya sotish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Xorijiy investorlar Qo‘shrabot tumanida yirik loyihalarni amalga oshiradi.

Qo‘shrabot tumanida yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish, tumanning iqtisodiy imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish maqsadida, xorijiy investorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda. 

Ayni vaqtda tuman hokimi Dilshod Shakarboyev Xitoyning “Long Xiang Xolding Group LTD” va “Huaxing Development and Investment Group”  kompaniyalari rahbarlari Xingfu Chen va Ray Hong janoblariga tumanning salohiyati va keng imkoniyatlari haqida ma'lumotlar berib o‘tmoqda.

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda "Namuna mahallasiga tabiiy gaz tortib kelishda muammolar bo‘lmoqda" sarlavhasi ostida tarqalgan murojaat yuzasidan RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan "Tabiiy gaz tarmog‘iga ulanish to‘g‘risidagi"gi murojaat “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali Qo‘shrabottumangaz gaz ta’minoti bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM